Bugun 3 fevral, 2026 yil, seshanba

КИР

Demensiya, Parkinson va Alsgeymerga chalinganlar uchun kunduzgi qarab turish xizmati joriy etiladi

Demensiya, Parkinson va Alsgeymerga chalinganlar uchun kunduzgi qarab turish xizmati joriy etiladi

Vazirlar Mahkamasining 2026 yil 29 yanvardagi 36-son qarori bilan “Faol hayotga qadam” dasturi doirasida ijtimoiy xizmatlar tizimiga qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Xususan:

  • o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarning yashash sharoitlarini har chorakda qayta baholash talabi bekor qilindi;

  • “Inson” markazlari va oilaviy poliklinikalar tomonidan keyingi yil uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik jadvalini tuzish amaliyoti bekor qilindi;

  • ijtimoiy xizmat vaucherini bekor qilish hamda ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchini “Oila hamkori” platformasidan ro‘yxatdan chiqarish asoslari aniq belgilab berildi.

Shuningdek, 2026 yil 1 martdan xulq-atvori buzilishlari kuzatilmaydigan, demensiya, Parkinson yoki Alsgeymer kasalligi tashxisi qo‘yilgan va ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanser nazoratida turuvchi shaxslar uchun kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmati yo‘lga qo‘yiladi.

Kiritildi: 20:55 02.02.2026. O'qildi: 169 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!