Bugun 26 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Dehqonoboddan Toshkentga borgan fuqaro IIB xodimlarining qarshiligiga uchradi

A A A
Dehqonoboddan Toshkentga borgan fuqaro IIB xodimlarining qarshiligiga uchradi

Joriy yilning 15 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda IIO xodimlari hamda o‘zini maktab qorovuli deb tanishtirgan fuqaro (IIVning yozishicha) va oddiy fuqaro o‘rtasida ziddiyat aks etgan video tarqaldi.

IIV matbuot xizmati tomonidan ushbu holat Toshkent viloyatining Zangiota tumanida sodir bo‘lgani aytilmoqda va holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotgani bayon qilindi. Shuningdek, videotasvirda aks ettirilgan Ichki ishlar organlari xodimlariga nisbatan Toshkent viloyati IIBB tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotgani ham qo‘shimcha qilingan.

Fuqaro yo‘llagan murojaat:

“Men — Begmatov Obid Dehqonobod tumanidan operasiya bo‘lgan do‘stimni olib ketishga 2 may kuni Toshkentga borgan edim. Toshkent shahriga kirishdagi “Erkin” postiga yetmasdan menga noma’lum bo‘lgan IIB xodimi meni so‘kdi. Qo‘limda telefonim bor edi, meni so‘kkan xodim buni ko‘rdi-da, so‘kkanlarini videoga oldim deb o‘yladi. Mana shu, menimcha, bo‘lgan voqeaning asosiy sababidir».

Kiritildi: 18:01 16.05.2020. O'qildi: 4814 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!