Bugun 8 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

De Bryuyne, Saloh, van Deyk, Brunu, Kazemiro, Bernardu va Varan – saudiyaliklarning yozdagi transfer maqsadi

A A A
De Bryuyne, Saloh, van Deyk, Brunu, Kazemiro, Bernardu va Varan – saudiyaliklarning yozdagi transfer maqsadi

Saudiya Arabistoni klublari yozda o‘z saflariga yulduz futbolchilarni jalb etishda davom etishadi.

ESPN tarqatgan xabarga ko‘ra, saudiyaliklar 2024 yilda ham transfer bozorida faol bo‘lib, o‘yinchilarga katta maosh taklif qilishadi. Ularning ro‘yxatidan Kevin de Bryuyne, Muhammad Saloh, Virjil van Deyk, Alisson, Rafael Varan, Kazemiro, Brunu Fernandesh, Bernardu Silva va Andreas Pereyra o‘rin olgan.

Shuningdek, Saudiya klublari yosh futbolchilarni ham qo‘lga kiritishga urunib ko‘rishadi. Jumladan, ular «Yuventus»ning 20 yoshli futbolchisi Matias Soulega qiziqish bildirishmoqda.

Bundan tashqari, Saudiya jamoalari taniqli murabbiylarni ham taklif etishni ko‘zlashmoqda. Nomzodlar orasida Tomas Tuxel, Maurisio Pochettino va Serjiu Konseysau ham bor.

Kiritildi: 09:45 29.02.2024. O'qildi: 825 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!