Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Davlat xizmati sohasida O‘zbekiston-Singapur hamkorligining yangi davri

Davlat xizmati sohasida O‘zbekiston-Singapur hamkorligining yangi davri

O‘zbekiston-Singapur qo‘shma ta’lim markazi ochildi.

Singapur Respublikasi Prezidenti Halima Yaqub boshchiligidagi delegasiya O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Davlat boshqaruvi akademiyasi professor-o‘qituvchilari, bir guruh iqtidorli yoshlar ishtirokida davra suhbati tashkil qilindi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston-Singapur qo‘shma ta’lim markazining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Markaz kadrlar zaxirasiga kiritilgan davlat xizmatchilarimizning Davlat xizmati kolleji, Li Kuan Yu nomidagi davlat boshqaruvi maktabi kabi Singapurning nufuzli ta’lim muassasalarida malaka oshirishini tashkil qilish bilan shug‘ullanadi.

Bundan tashqari, ta’lim markazida zamonaviy jihozlangan kovorking maydoni tashkil qilinib, bu yerda singapurlik ekspertlar jalb qilingan holda ustuvor loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik olib boriladi.

Kiritildi: 09:33 25.05.2023. O'qildi: 1161 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!