Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Davlat xaridlari tizimining mobil ilovasi yaratiladi

Davlat xaridlari tizimining mobil ilovasi yaratiladi

Qarorga muvofiq, 2024 yil 1 sentyabrdan:

🔹ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari, shuningdek, ularning tarkibidagi xo‘jalik jamiyatlari kuzatuv kengashlarining davlat xaridlari yillik va choraklik reja-jadvallari hamda import qilish rejalashtirilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) ro‘yxatlarini tasdiqlash bo‘yicha qarorlari muhim fakt sifatida oshkor qilib boriladi;

🔹davlat xaridlari maxsus axborot portalida korporativ buyurtmachilarning ishlab chiqarish faoliyati uchun zarur bo‘ladigan tovarlarni mahalliylashtirish orqali kooperasiya aloqalarini yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan o‘z takliflarini berish imkoniyati yaratiladi.

🗓 2024 yil 1 oktyabrgacha davlat xaridlari maxsus axborot portalida davlat buyurtmachilari amalga oshirgan davlat xaridlari natijalariga ko‘ra tovarlar (ishlar, xizmatlar), shu jumladan, ularning turlari kesimida shakllangan narxlarni jamoatchilik uchun ochiq ifodalovchi alohida sahifa joriy etiladi hamda davlat buyurtmachilariga ushbu sahifa asosida boshlang‘ich narxni shakllantirish imkoniyati yaratiladi.

📱2024 yil 1 dekabrgacha davlat xaridlari tizimining mobil ilovalari yaratiladi.

🗂 Har yil yakuni bo‘yicha keyingi yilning 1 apreligacha davlat xaridlari sohasida “Eng faol tadbirkor” hamda “Eng yaxshi buyurtmachi” tanlovlari o‘tkaziladi.

Kiritildi: 14:24 10.07.2024. O'qildi: 640 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!