Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Davlat soliq qo‘mitasi: "Har bir bozordagi vaziyat nazoratga olinadi"

A A A
Davlat soliq qo‘mitasi: "Har bir bozordagi vaziyat nazoratga olinadi"

«Eng muhimi, birinchi navbatda, vahimaga tushmaslik. O‘tgan ikki oy davomida biror bir mahsulotga narx oshdimi? Yoki narx oshishiga biror omil ta’sir qildimi? Hech qanday ta’sir bo‘lgani yo‘q. 

Soliq organlari va prokuratura huzuridagi departament xodimlari bilan birgalikda doimiy asosda ishlaydigan  maxsus shtab tuziladi va har bir bozordagi vaziyat nazoratga olinadi.

Shukrona qilib aytishimiz kerak, O‘zbekiston oziq-ovqat mahsuloti bilan o‘zini-o‘zini ta’minlay oladigan mamlakat. Go‘sht mahsuloti bo‘ladimi, poliz mahsulotimi, hamma mahsulotlar hech qanday muammo bo‘lmasligi kerak. 

Odamlarimiz vahimaga tushmaslik uchun aytmoqchimanki, hukumat tomonidan bunday vaziyat doimiy asosda nazoratga olib boriladi. Nafaqat Toshkentda, balki hududlardagi bozorlarda ham. Birorta bozor, birorta savdo do‘koni, birorta ovqatlanish shoxobchasi yopilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Bozorlarimiz juda ham to‘kin-sochin», — dedi Davlat soliq qo‘mitasi raisi Behzod Musayev.

Kiritildi: 21:05 15.03.2020. O'qildi: 2787 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!