“Davlat sirlari to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ-1016-son, 27.12.2024 y.) qabul qilindi
🔰 Qonun O‘zbekiston manfaatlarini ko‘zlab ma’lumotlarni davlat sirlari jumlasiga kiritishning huquqiy va tashkiliy asoslarini belgilaydi.
⚠️ Davlat sirlarini tashkil etuvchi ma’lumotlar maxfiyligining kuyidagi uchta darajasi va ushbu darajalarga muvofiq bo‘lgan mazkur ma’lumotlarni tashuvchilar uchun maxfiylik griflari belgilanadi:
🔹maxfiylikning birinchi darajasi – “Alohida ahamiyatli”;
🔹maxfiylikning ikkinchi darajasi – “Mutlaqo maxfiy”;
🔹maxfiylikning uchinchi darajasi – “Maxfiy”.