Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Davlat rahbarlari qo‘shma konsertda ishtirok etdilar

Davlat rahbarlari qo‘shma konsertda ishtirok etdilar

Davlat rahbarlari qo‘shma konsertda ishtirok etdilar

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev rafiqalari bilan birgalikda ikki mamlakat san’at ustalarining konsertida ishtirok etdilar.

O‘zbek va ozarbayjon xalqlarini umumiy tarixiy ildizlar, yagona din, o‘xshash madaniyat va urf-odatlar bog‘lab turadi.

Prezidentlarning irodasi va sa’y-harakatlari tufayli xalqlarimiz yanada yaqinlashdi, davlatlararo munosabatlar ittifoqchilik darajasiga ko‘tarildi.

O‘zbekistonda ham, Ozarbayjonda ham ikki mamlakat madaniyat arboblarining ijodiga katta hurmat va mehr bilan qarashadi. Prezidentlar farmoni bilan, afsonaviy xonandalar Farrux Zokirov va Po‘lat Bulbul o‘g‘liga "xalq artisti" faxriy unvonlari berildi.

Konsert o‘zbek va ozarbayjon xalqlarining ko‘p asrlik do‘stligi, uyg‘un an’ana va qadriyatlarining yana bir bor namoyon etdi.

Iste’dodli san’atkorlar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlarda madaniyatlarimizning boyligi va rang-barangligi, shu bilan birga, mushtarakligi va o‘ziga xosligi mujassam bo‘ldi.

Kiritildi: 21:20 23.08.2024. O'qildi: 918 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!