Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Davlat mulkini ijaraga berish tartibi takomillashtiriladi

A A A
Davlat mulkini ijaraga berish tartibi takomillashtiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Davlat mulkini ijaraga berish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Hukumatning ushbu qarori bilan Davlat mulkini ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomda davlat mulkini ijaraga berish qoidalari;

davlat mulkiga ijara to‘lovi miqdorini belgilash tartibi;

ijara shartnomasini tuzish va ijara to‘lovlari hisob-kitobi tartibi;

balansda saqlovchining ijara munosabatlaridagi ishtiroki hamda uning huquq va majburiyatlari;

ijaraga berilayotgan davlat mulklari hisobini yuritish tartibi belgilab berilgan.

2024 yil 1 martdan boshlab davlat mulkini ijaraga berish shartnomalari bo‘yicha ijara to‘lovlarini undirish va ularning taqsimoti “E-ijara” elektron tizimi orqali amalga oshirilishi yo‘lga qo‘yiladi.

Byudjetdan moliyalashtiriladigan davlat muassasalari va ularning hududiy va tuman (shahar) bo‘linmalari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish guruhlari davlat mulki bo‘lgan binolar va inshootlarga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtiriladi, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.

Bir yildan kam bo‘lmagan muddatga tuzilgan davlat kuchmas mulkini ijaraga berish shartnomasi davlat ro‘yxatidan Davaktiv agentligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi o‘rtasida o‘zaro elektron axborot almashinuvi orqali bepul o‘tkaziladi.

Davaktiv agentligi O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga davlat mulkini ijaraga berish tartibini buzganlik uchun balansda saqlovchilarning mansabdor shaxslariga nisbatan javobgarlik belgilanishini nazarda tutuvchi tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi

Mazkur qaror Davlat mulkini ijaraga berish tizimini yanada takomillashtirish, sohaga zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini keng joriy etish imkonini yaratadi.

Kiritildi: 10:58 18.12.2023. O'qildi: 1247 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!