Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Davlat bojxona qo‘mitasi raisi xizmat vaqtida halok bo‘lgan qahramon bojxonachilar xotirasiga hurmat bajo keltirdi

A A A
Davlat bojxona qo‘mitasi raisi xizmat vaqtida halok bo‘lgan qahramon bojxonachilar xotirasiga hurmat bajo keltirdi

Davlat bojxona qo‘mitasi Raisi, bojxona xizmati general-mayori Akmalxo‘ja Mavlonov xizmat vaqtida halok bo‘lgan qahramon bojxonachilar xotirasiga hurmat bajo keltirdi. Bu xaqda Qo‘mita matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Ma’lumki, 9 may – Xotira qadrlash kuni munosabati bilan davlat bojxona xizmati organlari tomonidan ham xotirlash tadbirlar respublika bo‘ylab keng miqyosda o‘tkazilmoqda.

Mustaqillikning dastlabki yillaridagi murakkab vaziyatlarda mamlakatimizning osoyishtaligi va iqtisodiy xavfsizligi yo‘lida jon fido qilgan bojxonachilar xotirlanmoqda.

Jumladan, ular sharafiga Davlat bojxona qo‘mitasidagi mo‘’jaz xiyobonga xotira yodgorligi o‘rnatilgan bo‘lib, bugun ushbu monument poyiga Davlat bojxona qo‘mitasi rahbariyati va markaziy apparati jamoasi orkestr sadolari ostida gulchambar qo‘yib, marhum hamkasblari xotirasiga hurmat bajo keltirishdi.

Davlat bojxona qo‘mitasi raisi xizmat vaqtida halok bo‘lgan qahramon bojxonachilar xotirasiga hurmat bajo keltirdi

Davlat bojxona qo‘mitasi raisi xizmat vaqtida halok bo‘lgan qahramon bojxonachilar xotirasiga hurmat bajo keltirdi

Kiritildi: 07:40 10.05.2022. O'qildi: 3161 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!