Bugun 10 may, 2025 yil, shanba

КИР

“Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi

“Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi

Qonun (O‘RQ-1032-son, 20.02.2025 y.) bilan “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.

Unga ko‘ra, Qonunga tegishincha issiqlik va elektr energiyasini yetkazib berish yuzasidan xizmatlar uchun to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni undirish to‘g‘risidagi da’volar, arizalar va shikoyatlar bilan fuqarolik ishlari bo‘yicha va iqtisodiy sudlarga murojaat qilinganda issiqlik va elektr energiyasini yetkazib beruvchilar davlat bojini to‘lashdan ozod etilishini nazarda tutuvchi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Shuningdek ularning talablarini qanoatlantirish to‘liq yoki qisman rad etilgan taqdirda mazkur davlat bojini issiqlik va elektr energiyasini yetkazib beruvchilardan undirish belgilanmoqda.

Bundan tashqari, chet el tijorat tashkilotlarining vakolatxonalarini O‘zbekiston hududida akkreditasiya qilishda davlat bojini to‘lash har bir yil uchun amalga oshirilishini aniqlashtiruvchi o‘zgartirish kiritilmoqda.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Kiritildi: 10:23 21.02.2025. O'qildi: 663 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!