Bugun 21 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

Davlat banklari mansabdorlari tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi mumkinmi? Aksilkorrupsiya agentligi izoh berdi

Davlat banklari mansabdorlari tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi mumkinmi? Aksilkorrupsiya agentligi izoh berdi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bir qator davlat banklari mansabdorlari tadbirkorlik sub’ektlarida ta’sischilik qilayotgani haqida ma’lum qilgandi. Mazkur holat ijtimoiy tarmoqlarda bir qator e’tirozlarga sabab bo‘lgach, agentlik rasmiy munosabat bildirdi.

“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunining 4-moddasida davlat organlari (qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno), ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi qonunchilikda man etilgan boshqa shaxslar tadbirkorlik faoliyati subektlari bo‘lishi mumkin emasligi belgilangan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish taqiqlangan mansabdor shaxslarning ro‘yxati to‘g‘risida”gi 103-son Qaroriga asosan, davlat banklari rahbarlari va ularning o‘rinbosarlariga, xizmat yuzasidan pul belgilariga va pul (bank) hujjatlariga bevosita aloqasi bo‘lgan mansabdor shaxslarga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish taqiqlangan”, deyiladi agentlik xabarida.

Kiritildi: 22:20 18.09.2024. O'qildi: 1154 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!