Bugun 22 dekabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Dashtobod temir yo‘l stansiyasi boshlig‘i pora olgan vaqtida ushlandi

Dashtobod temir yo‘l stansiyasi boshlig‘i pora olgan vaqtida ushlandi

“Temiryo‘linfratuzilma” AJning Jizzax viloyati Zomin tumanidagi Dashtobod stansiyasi boshlig‘i ixtisoslashmagan do‘konlarda boshqa tovarlar chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi MCHJ tomonidan Tojikiston hududidan O‘zbekistonga olib kelinadigan ko‘mir mahsuloti ortilgan 100 ta yuk vagonlarini o‘zining tanishlari orqali bojxona ko‘rigidan navbatsiz o‘tkazib berish, stansiyada yukni tushirish jarayonida vagonlar belgilangan vaqtdan ortiq turib qolgan taqdirda temir yo‘l jarimasini qo‘llamaslik hamda yuk belgilangan vaqtda tushirib olinganligi bo‘yicha hujjatni rasmiylashtirib berish evaziga MCHJ vakilidan har bir vagon uchun 100 AQSh dollaridan jami 10 ming AQSh dollari talab qiladi.

Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda stansiya boshlig‘i 40 ta vagon uchun 4 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Ta’kidlash lozimki, mazkur mansabdor shaxs muqaddam Jinoyat Kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan sudlangan bo‘lsada, o‘z xatosidan to‘g‘ri xulosa chiqarmagan.

Kiritildi: 11:30 20.09.2024. O'qildi: 1379 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!