O‘zbekiston delegasiyasi Aichi-Nagoya-2026 XX yozgi Osiyo o‘yinlarida medallar jamg‘armasini yana bitta sovrin bilan boyitdi.
Ushu bo‘yicha ko‘rgazmali chiqish dasturida qatnashgan Darya Latisheva finalda 19,413 ball to‘pladi va musobaqani ikkinchi o‘rinda yakunladi.
Shu tariqa, hamyurtimiz kumush medalga sazovor bo‘ldi va Osiyo o‘yinlaridagi shaxsiy sovrinlari sonini uchtaga yetkazdi.
Bu natija bilan Darya Latisheva Osiyo o‘yinlarining uch karra sovrindoriga aylandi.