Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

“Dari-zanjir” butkul yo‘qolib ketadimi? Samarqandda madaniy meros ob’ekti og‘ir holatda ekanligi yuzasidan munosabat bildirildi

A A A
“Dari-zanjir” butkul yo‘qolib ketadimi? Samarqandda madaniy meros ob’ekti og‘ir holatda ekanligi yuzasidan munosabat bildirildi

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi hamda «Milliy tiklanish» gazetasida chop etilgan maqolalarda «Dari-Zanjir» majmuasi og‘ir holatda ekanligi va hanuzgacha ta’mirlanmaganligi to‘g‘risida ma’lumot keltirilgan edi. Ushbu xabar yuzasidan Samarqand viloyati Madaniy meros boshqarmasi tomonidan o‘rganish ishlari o‘tkazildi.

📝 Uning natijalariga ko‘ra, quyidagilar aniqlandi. «Dari-Zanjir» majmuasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 4-oktabrdagi «Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk ob’ektlari milliy ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 846-sonli qarorining 1-ilovasi bilan belgilangan Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk ob’ektlari milliy ro‘yxatida madaniy meros ob’ekti sifatida ro‘yxatga olingan. Mazkur arxitektura yodgorligi mahalliy ahamiyatga ega moddiy madaniy meros bo‘lib, davlat mulki hisoblanadi.

⚪️ Ushbu majmuani qayta tiklash masalalari bo‘yicha bir necha bor muhokama olib borildi. 2023 yilda takroran tarixiy-madaniy ekspertizadan o‘tkazish jarayonida ob’ektni qayta tiklash va rekonstruksiya qilish, uning tarixiyligi va badiiy qiymatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mutaxassislar tomonidan ta’kidlandi.

✅ O‘rganish natijalaridan kelib chiqib, 2024 yilda «Dari-Zanjir» majmuasini konservasiya qilish uchun 415 million so‘m mablag‘ ajratilib, turizm mashrutiga kiritish rejalashtirilgan.

Kiritildi: 16:57 04.03.2024. O'qildi: 1380 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!