Jinoyat ishlari bo‘yicha sud hukmiga ko‘ra, Zarbdor tumanida yashovchi fuqaro A.T. tomonidan daraxtlarni qonunga xilof ravishda kesish orqali atrof-muhitga katta miqdorda zarar yetkazilgan edi.
Sud uni Jinoyat kodeksning 198-moddasi 2-qismi bilan aybdor deb topib, 435 million so‘m miqdorida jinoiy jarima jazosini tayinladi.
Mazkur jarimani undirish bo‘yicha ijro hujjati esa MIBning Zarbdor tumani bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.
Ijro jarayonida qarzdorning mol-mulkini aniqlash maqsadida tegishli idoralarga yuborilgan so‘rovlar natijasida, unga tegishli yuk avtomobili mavjudligi ma’lum bo‘lgan. Biroq, ijro harakatlari paytida mazkur avtotransport vositasi qarzdor tomonidan yashirib qo‘yilgani aniqlangan.
Qidiruv choralari davomida olingan tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, avtomashina Zafarobod tumanidagi tanishining omborxonasida, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari orasida yashirilgan holda topildi.
Hozirda avtomobil jarima maydonchasiga joylashtirilgan.