Bugun, 1 avgust kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Daniyaning yangi elchisi etib tayinlangan Yesper Varni qabul qildi.
Bu haqda u o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi.
“Daniyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Yesper Var janoblaridan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildik”, deb yozdi u.
Tashqi ishlar vazirining bildirishicha, mazmunli suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash, hamkorlikni kengaytirish, iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va boshqa yo‘nalishlardagi imkoniyatlar muhokama qilingan.
“O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi sheriklikning to‘liq salohiyatini ro‘yobga chiqarish yo‘lida faol hamkorlikka tayyor ekanini bildirdi. Janob elchini ushbu lavozimga tayinlangani bilan samimiy tabriklaymiz va diplomatik missiyasida muvaffaqiyatlar tilaymiz”, deydi Saidov.