Daniya poytaxti Kopengagenda Qur’oni Karimga tahqirlashga qaratilgan harakatlar davom etmoqda.
Seshanba kuni islomga qarshi va irqchi "Danske Patrioter" (Daniyalik vatanparvarlar) guruhi a’zolari Kopengagendagi Turkiya, Jazoir, Pokiston, Indoneziya va Eron elchixonalari oldida Qur’onni yoqib yubordi.
Polisiya hamrohligida provokasiyalarini amalga oshirgan guruh a’zolari Islomga qarshi shiorlar aytishdi.
Bu lahzalarni provokatorlar ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarida jonli efirda bo‘lishdi. Shu bilan birga, Facebook irqchi guruhning ayrim videolariga kirishni chekladi.
So‘nggi paytlarda Daniya poytaxtida musulmonlarning muqaddas kitobi bo‘yicha radikallarning provokasiyalari tez-tez sodir bo‘lmoqda. Ularning barchasi Danske Patrioter a’zolari tomonidan tashkil etilgan.
Ishtirokchilar Qur’onni yoqib yuborgan islomga qarshi aksiyalar 25 iyul kuni Misr va Turkiyaning Kopengagendagi elchixonalari yonida bo‘lib o‘tdi.
Xuddi shunday hiyla bir kun avval Iroq diplomatik vakolatxonasida ham sodir etilgan edi. Kopengagendagi Iroq elchixonasi binosi yonida 21 iyul kuni ham Qur’on nusxasi yoqib yuborilgan aksiya bo‘lib o‘tdi.
1-avgust, seshanba kuni o‘ng qanot radikal guruh vakillari Misr va Turkiyaning Kopengagendagi elchixonalari oldida Qur’onni yoqib yubordi.