Daniya va Grenlandiya hukumatlari Davlat departamentidan Davlat kotibi Marko Rubio bilan "yaqin kelajakda" uchrashuv tashkil etishni so‘ragan.
Bu haqda Grenlandiya tashqi ishlar vaziri Vivian Mosfeldt ma’lum qildi.
Vazirning ta’kidlashicha, uchrashuvda tomonlar "AQShning Grenlandiya bo‘yicha muhim bayonotlarini muhokama qilishadi". Uning ta’kidlashicha, Rubio "Grenlandiya hukumati bilan uchrasha olmadi", lekin Daniya va Grenlandiya avvalroq "2025 yilda tashqi ishlar vazirlari darajasida uchrashuv o‘tkazishni qayta-qayta so‘ragan".