Daniya Ukrainaga oltita F-16 qiruvchi samolyotini topshirdi va Kiyevga yana 13 ta samolyot yetkazib berishni rejalashtirmoqda.
Bu haqda Daniya bosh vaziri Mette Frederiksen Vladimir Zelenskiy bilan o‘tkazgan qo‘shma matbuot anjumanida ma’lum qildi.
“F-16 qiruvchi samolyotlari bo‘yicha rejalarimiz o‘zgarmadi. Oltita F-16 allaqachon yetkazib berildi — bu birinchi partiya. Keyin yana bir partiya bo‘ladi, jami 19 ta qiruvchi samolyotlarni yetkazib beramiz”, dedi u.
Daniya bosh vaziri, shuningdek, Kiyevga to‘g‘ridan to‘g‘ri Ukraina mudofaa sanoatiga 130 million yevrodan ortiq miqdorda harbiy yordamning yangi paketi ajratilishini ham ma’lum qildi.