Bugun 15 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Daniya Ukrainaga 645 million yevrolik yordam paketi ajratadi

Daniya Ukrainaga 645 million yevrolik yordam paketi ajratadi

Daniya Ukrainaga umumiy qiymati 645 million yevro bo‘lgan yirik yordam paketini taqdim etadi. Uning tarkibiga F-16 qiruvchi samolyotlari uchun 20 millimetrli o‘q-dorilar ham kiradi.

Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida ma’lum qildi.

Davlat rahbarining ta’kidlashicha, mazkur o‘q-dorilar Ukrainaga reaktiv "Shahid" dronlarini urib tushirish uchun zarur.

Shuningdek, Daniya dronlar ishlab chiqarish uchun qariyb 200 million yevro ajratadi. Bundan tashqari, qo‘shma ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun ham alohida mablag‘lar taqdim etiladi.

"Xerson viloyati uchun alohida energetik yordam paketi ham mavjud. U yerda energetika sohasida vaziyat og‘ir ekanini aytib, yordam so‘radim.

Shuningdek, bizga zarur bo‘lgan F-16 samolyotlari uchun katta miqdordagi o‘q-dorilar masalasini alohida muhokama qilmoqdamiz. Gap 800 mingta o‘q-dori haqida ketmoqda. Bu olti oyga yetadi.

Daniyadagi uchrashuv davomida ular ushbu masalani hal qilib berishga kelishib oldik. Buning uchun ulardan juda minnatdorman", — dedi Zelenskiy.

Ukraina prezidentining ma’lum qilishicha, kelasi hafta bo‘lib o‘tadigan "Ramshtayn" formatidagi navbatdagi uchrashuvga tayyorgarlik ham boshlangan.

Zelenskiy Ukrainaga ayni paytda bir vaqtning o‘zida havoda harakat qilayotgan samolyotlar sonini hozirgi ko‘rsatkichga nisbatan 2,5 barobar oshirish zarurligini ham ta’kidladi.

"Ya’ni hujjatlarda bularning barchasi bor. Ammo samolyotlar doimiy ravishda ta’mirda bo‘ladi, chunki F-16'lar ancha eskirgan.

Bu masala ustida amerikaliklar bilan ham ishlashimiz kerak. Biz aynan shu bilan shug‘ullanyapmiz

Kiritildi: 23:43 14.11.2026. O'qildi: 293 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik