Bugun 31 yanvar, 2025 yil, juma

КИР

Daniya «Gazprom»ning sho‘ba korxonasiga «Shimoliy oqim - 2»ni saqlab qolish bo‘yicha ishlarni o‘tkazishga ruxsat berdi

Daniya «Gazprom»ning sho‘ba korxonasiga «Shimoliy oqim - 2»ni saqlab qolish bo‘yicha ishlarni o‘tkazishga ruxsat berdi

«Shimoliy oqim - 2» gaz quvuri operatori bo‘lgan Shveytsariyada ro‘yxatdan o‘tgan Nord Stream 2 AG kompaniyasi Daniya Energetika agentligidan tegishli ruxsat oldi. Agentlik quvurda saqlash ishlarini olib borish zaruratini uning zarar ko‘rgan qismlarida – A liniyasida – hali ham katta miqdorda tabiiy gaz mavjudligi bilan izohladi. Ikkinchi liniya – B – diversiya natijasida zarar ko‘rmagan va to‘liq gaz bilan to‘ldirilgan.

Rejaga ko‘ra, «Shimoliy oqim - 2» quvurlarining ochiq uchlariga maxsus yopqichlar o‘rnatiladi. Bu choralar gazning qo‘shimcha sizib chiqishining oldini olish va quvurni suv bilan to‘lishdan himoya qilish uchun ko‘riladi. Shundan so‘ng, uchlari shag‘al va beton yuklar bilan yopiladi. Ishlar 2025 yilning ikkinchi va uchinchi choraklarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ularning davomiyligi 2-3 hafta bo‘lishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning sentyabrida «Shimoliy oqim - 2»ning ikki liniyasidan birida portlash sodir etilgan edi. Shuningdek, birinchi «Shimoliy oqim» ham portlash natijasida vayron qilingan bo‘lib, u yillar davomida Rossiya gazini Germaniyaga yetkazib bergan edi. Shu vaqtdan beri nemis OAVlari o‘tkazgan ko‘plab surishtiruvlar natijalariga ko‘ra, portlash operasiyasida olti nafar ukrain harbiy xizmatchisi va bir nechta fuqaro ishtirok etgani aniqlangan. Ammo operasiya haqida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy xabardor bo‘lganmi-yo‘qmi, bu hali ham noma’lum.

Kiritildi: 00:38 29.01.2025. O'qildi: 828 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!