Daniya bosh vaziri Mette Frederiksen payshanba kuni AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali suhbatdan so‘ng, Grenlandiya bo‘yicha Daniya ishbilarmonlari bilan uchrashuv o‘tkazishni rejalashtirdi.
Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.
"Bizning Daniya ishbilarmon doiralari bilan yaxshi va konstruktiv muloqot o‘rnatishimiz muhim. Geosiyosiy keskinlik davrida biz muloqot va hamkorlikka intilishimiz kerak", - dedi Daniya savdo vaziri Morten Byodskov.
Bundan tashqari, Daniya tashqi ishlar vaziri Lars Rasmussen payshanba kuni parlamentning tashqi siyosat bo‘yicha qo‘mitasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazishni rejalashtirgan.
Reuters agentligining qayd etishicha, suhbat chog‘ida Daniya bosh vaziri Trampga Grenlandiya xalqi o‘z kelajagini o‘zi tanlashga tayyorligini, Kopengagen esa Arktikada xavfsizlikni yanada mustahkamlashga hissa qo‘shishga intilayotganini aytgan. Muloqotda AQSh va Daniya, shuningdek, Xitoy, Yaqin Sharq va Ukraina o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar muhokama qilindi.