Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Farg‘onada gaz quyish shoxobchasidagi janjal tufayli bir fuqaro vafot etdi

A A A
Farg‘onada gaz quyish shoxobchasidagi janjal tufayli bir fuqaro vafot etdi

3 fevral kuni Dang‘ara tumanida joylashgan avtomobillarga gaz to‘ldirish shaxobchasida uch nafar shaxs o‘zaro janjallashgan.

Shu paytda bezorilikni oldini olish maqsadida, ularni ajratish uchun kelgan boshqa shaxsga (2001 y.t.) ham faol qarshilik ko‘rsatilgan. Bir necha vaqtdan so‘ng, ushbu shaxs xushini yo‘qotgan va shifoxonaga olib borilayotgan vaqtida vafot etgan.

Olib borilgan tergov oldi tekshirish harakatlari davomida Dang‘ara tumani IIB huzuridagi TG tomonidan ikki nafar shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va ular prosessual tartibda ushlangan.

Marhumning o‘limi yuzasidan Dang‘ara tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda. Uning o‘lim sababini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Tergov va tekshirish harakatlari har tomonlama, to‘liq va xolisona o‘tkazilishi va natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.

Kiritildi: 10:20 05.02.2024. O'qildi: 1867 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!