Reuters agentligi bu haqda Suriya xavfsizlik kuchlaridagi manbalariga tayanib xabar berishmoqda.
Suriya Ichki ishlar vazirligi rasmiy ma’lumotiga ko‘ra, terrorchi ISHID a’zosi bo‘lgan. U cherkovga kirib, avval odamlarga qarata o‘t ochgan, so‘ngra o‘zini portlatgan.
Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligining xabar berishicha, hodisa natijasida 53 kishi yaralangan.
Avvalroq Damashqdagi Mar Elias yunon pravoslav cherkovida ibodat vaqtida terakt sodir etilgani haqida xabar bergan edik.