Damashq va Moskva Suridagi Rossiya harbiy bazalarining kelajagi borasida kelishib oldi. Ular qo‘shma o‘quv markazlariga aylantiriladi.
Damashq va Moskva Rossiyaning Suriyadagi ishtirokini qayta tashkil etish to‘g‘risida memorandum imzoladi. Bu haqda Suriyaning SANA axborot agentligi mamlakat tashqi ishlar vazirligiga tayanib xabar bermoqda.
Suriya TIVning tushuntirishiga ko‘ra, Damashq Xmeymim aeroporti va Tartus portidagi to‘rtinchi tijorat prichalini fuqarolik boshqaruviga oladi, bu esa ularni asta-sekin mamlakatning fuqarolik tuzilmasiga integrasiya qilish imkonini beradi.
Tomonlar, shuningdek, hozirda harbiy maqsadlarda foydalanilayotgan ob’ektlarning rolini qayta ko‘rib chiqishga kelishib oldilar. Rossiya harbiy bazalari har ikki mamlakat manfaatlarini hisobga olgan holda qo‘shma o‘quv markazlariga aylantiriladi.