Suriya prezidenti Ahmad ash-Shara ma’muriyati Suveydo viloyatida ichki ishlar vazirligi kuchlari joylashtirilganidan so‘ng, mamlakat bo‘ylab darhol va to‘liq otashkesim e’lon qildi. Hukumat bayonotida har qanday buzilish suverenitetga tajovuz sifatida baholanishi ta’kidlangan.
«Hukumat barcha tomonlarni davlat va uning institusiyalariga tinchlikni ta’minlash va qon to‘kilishiga barham berish imkonini berishga chaqiradi», — deyiladi rasmiy bayonotda.
❕ Bu voqealardan avval AQShning Turkiyadagi elchisi Isroil va Suriya AQSh vositachiligida otashkesimga rozi bo‘lganini ma’lum qilgan.
«Isroil Bosh vaziri va Suriya prezidenti AQSh davlat kotibi ko‘magida kelishuvga erishdi. Turkiya, Iordaniya va boshqa qo‘shni davlatlar ham yordam bermoqda. Biz druzlar, beduinlar va sunniylarni qurolsizlanib, boshqa millatlar bilan birga tinch va farovon Suriyani qurishga chaqirimiz», — deb yozdi u.