Suriya va Livan chegarasidagi "Masnaa" nazorat-o‘tkazish punktiga Isroil havo hujumidan so‘ng Damashq-Beyrut xalqaro avtomobil yo‘lida harakat to‘xtatildi.
"Hujum natijasida asosiy trassada ikki yo‘nalishda harakat to‘xtatildi", — deya xabar beradi "RIA Novosti" Livan xavfsizlik xizmatidagi manbaga tayanib.
Aniqlik kiritilishicha, hujumlar "hech kimni yo‘q qilish maqsadida emas, balki avtomagistral bo‘ylab harakatni to‘sib qo‘yish uchun sabotaj qilish" maqsadida amalga oshirilgan.