Bugun 21 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Dam olish kunlaridagi ehtimoliy ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

A A A
Dam olish kunlaridagi ehtimoliy ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

Gidrometeorologiya xizmati dam olish kunlari uchun ob-havo ma’lumotini taqdim etdi.

Dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha nisbatan salqin ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kunduz kunlari havo harorati 8-13 daraja iliq, ba’zi joylarda 15 daraja iliqqacha, kechalari 0-5 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Ushbu kunlarda respublika hududi bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasida ayrim joylarda bugun kunduzi biroz yomg‘ir yog‘ishi, shimolda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, ho‘l qor) bo‘lishi mumkin.

Kechasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.

Poytaxtimizda: bugun va dam olish kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat asosan kechalari 0-3 daraja iliq, kunduz kunlari 10-13 daraja iliq bo‘ladi.

Kiritildi: 00:32 09.11.2024. O'qildi: 1125 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!