Bugun 16 dekabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Dam olish kunlarida qanday ob-havo kuzatilishi ma’lum bo‘ldi

Dam olish kunlarida qanday ob-havo kuzatilishi ma’lum bo‘ldi

Yakshanba kuni O‘zbekiston hududining katta qismida yomg‘ir yog‘adi, faqat shimoliy va janubiy hududlar bo‘yicha yog‘ingarchilik bo‘lishi ehtimoli kam.

Ertaga kunning ikkinchi yarmida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va kechga tomon Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi +10...+15 daraja, kunduzi +20...+25 daraja atrofida bo‘lishi saqlanib turadi.

Yakshanba kuni O‘zbekiston hududining katta qismida yomg‘ir yog‘adi, faqat shimoliy va janubiy hududlar bo‘yicha yog‘ingarchilik bo‘lishi ehtimoli kam. Havo harorati kechasi +10...+15 daraja atrofida bo‘ladi, kunduz kuni +17...+22 darajagacha biroz pasayadi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 11 va 13 oktabr kunlari ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin, baland tog‘li hududlarda yomg‘ir qorga aylanadi.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.

Poytaxtimizda: 12 oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +12...+14 daraja, kunduzi +22...+24 daraja bo‘ladi.

13 oktabrda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi . Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +12...+14 daraja, kunduzi +20...+22 daraja bo‘ladi.

Kiritildi: 08:16 12.10.2024. O'qildi: 1725 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!