Bugun 2 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Dam olish kunlari yurtimizda issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda

Dam olish kunlari yurtimizda issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda

Dam olish kunlari respublikaning barcha hududlari bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.

Ma’lum qilinishicha, 3—4 may kunlari havo harorati ko‘tarilishi davom etadi, kunduz kunlari havo 33-35 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda 37-39 darajagacha isiydi. Bunday harorat may oyining boshiga qaraganda yoz mavsumi uchun ko‘proq xosdir.

Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkentda 3—4 may kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Juma kuni kunduzi harorat 29-31 daraja bo‘lsa, shanba va yakshanba kunlari 32-35 daraja bo‘ladi.

Kiritildi: 16:03 02.05.2025. O'qildi: 828 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!