Bugun 28 fevral, 2025 yil, juma

КИР

Dam olish kunlari harorat o‘zgaruvchan bo‘ladi

Dam olish kunlari harorat o‘zgaruvchan bo‘ladi

O‘zbekiston bo‘yicha 2025 yil 31 yanvar va 1-2 fevral kunlariga ob-havo prognozi taqdim etildi.

Bugun kunduzi O‘zbekiston hududi bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, Navoiy viloyatining shimolida va kechga tomon Toshkent viloyatida ba’zi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin. Harorat 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Shanba va yakshanba kunlari respublika bo‘yicha havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Kechalari hali ham sovuq ob-havo saqlanib turadi, harorat 0-5 daraja sovuq atrofida bo‘ladi, kunduz kunlari esa quyosh nurlari havoni 5-8 daraja iliqqacha, janubda 10-12 daraja iliqqacha isitadi.

Respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mumkin.

Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.

Toshkentda bugun havo biroz bulutli bo‘ladi, kechga tomon kuchsiz qor yog‘ishi mumkin. Harorat 2-4 daraja iliq bo‘ladi.

Shanba va yakshanba kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.

Harorat kechalari 2-5 daraja sovuq, kunduz kunlari 5-8 daraja iliq bo‘ladi.

Kiritildi: 13:13 31.01.2025. O'qildi: 1144 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!