Bugun 26 avgust, 2026 yil, chorshanba

КИР

Dalolatnoma rasmiylashtirmaslikni va’da qilgan elektromontyor ushlandi

Dalolatnoma rasmiylashtirmaslikni va’da qilgan elektromontyor ushlandi

Qashqadaryo viloyatida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganlik holati bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirmaslikni va’da qilgan elektromontyor ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Nishon tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Nishon tumani ETK elektromontyori A.I. xizmat mavqeidan foydalanib, 4 mln so‘m evaziga fuqaro SH.X.ning xonadonida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganlik holati bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirmaslikni va’da qilib, oldindan 1,5 mln so‘mini qo‘lga kiritib, qolgan 2,5 mln so‘mini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.


Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 20:53 21.07.2026. O'qildi: 773 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!