Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Dajjol kira olmaydigan makonlar

Dajjol kira olmaydigan makonlar

Aytib o‘tganimizdek, Dajjolning qadami barcha shahar va qishloqlarga yetadi. Lekin muqqaddas shaharlar bo‘lmish Makka va Madina bundan mustasno.

Makka Allohning shahri, Uning O‘zi shaharini har qanday tajovuz va yomonlikdan, bosqinchi va xiyonatkordan asraydi. Makka tavhid bayrog‘i yer yuzida birinchi bo‘lib ko‘tarilgan makondir.

ﮖ ﮗ ﮘ ﮙ ﮚ ﮛ ﮜ ﮝ ﮞ ﮟ ﮠ ﮡ ﮢ ﮣ ﮤ ﮥﮦ ﮧ ﮨ ﮩ ﮪﮫ ﮬ ﮭ ﮮ ﮯ ﮰ ﮱ ﯓ ﯔ ﯕﯖ ﯗ ﯘ ﯙ ﯚ ﯛ ﯜ ﯝ ﯞ

Oli Imron

Albatta, odamlar uchun qo‘yilgan birinchi uy Bakkadagi muborak va olamlarga hidoyat qilingan(uy)dir. Unda ochiq-oydin alomatlar maqomi Ibrohim bor. Kim unga kirsa, omonda bo‘ladir. Odamlardan yo‘lga qodir bo‘lganlariga Alloh uchun Baytni haj qilmoq burchdir. Kimki kufr keltirsa, albatta, Alloh olamlardan behojatdir (Oli Imron, 96 97-oyatlar).

Madina Nabiy sollallohu alayhi vasallam hijrat qilib borgan makon. Alloh uni yoqimli, xushbo‘y qilgani uchun Tayyiba nomini oldi. Bu shahar Nabiy sollallohu alayhi vasallam hijratlari tufayli munavvar bo‘ldi. U Zotning muborak qabrlari ham o‘sha yerda. Alloh bu shaharning nurini, ko‘rkamligini yanada ziyoda etdi, tuprog‘ini ham xushbo‘y, yoqimli qildi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Madinaga baraka so‘rab duo qilganlar. Alloh uning mevalariga, toshu tarozusiga baraka bergan.

Hadisi sharifda kelishicha, bu ikki muborak shahar mal’un Dajjolga harombo‘lishi haqiqat. Alloh dunyo va oxiratda uni xor qilsin.

Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinnadi:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday deydilar: Biron bir shahar yo‘qki, Dajjolning qadami yetmagan bo‘lsa, ammo Makka bilan Madina bundan mustasno (Buxoriy va Muslim rivoyat qilishgan).

Yana u kishidan rivoyat qilingan boshqa bir hadisda:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar:

Dajjol Makka va Madinadan tashqari hamma shaharlarga kiradi. Bu ikki shaharning har bir dara va so‘qmoqlarida farishgalar saf tortgan holda qo‘riqlab turadilar. Dajjol (shahar tashqarisidagi) taqir yerga tushganida, yer uch marta silkinadi. Kofir va munofiqlarning hammasi (ikki haramni tashlab) Dajjol oldiga chiqadilar (Buxoriy va Muslim rivoyat qilishgan).

Boshqa bir sahih hadisda: Bironta makonga Dajjolning oyog‘i yetmasdan qolmaydi. Lekin Makka, Madina, Baytul Maqdis va Tur tog‘i bundan mustasno. Chunki farishtalar uni bu joylardan quvib chiqaradi , deyilgan.

Ma’lumki, Baytul Maqdis Ka’badan keyin ibodat uchun qurilgan ikkinchi uydir. Aksar payg‘ambarlar shu yerga jo‘natilganlar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam me’roj kechasida avval Baytul Maqdisga borganlar. U, shuningdek, avvalgi payg‘ambarlarning qiblasi hamdir. Alloh Ka’bani qibla qilib belgilaguniga qadar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ham o‘sha tarafga yuzlanib namoz o‘qiganlar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam me’roj kechasida, Baytul Maqdisda barcha payg‘ambarlarga (Odamdan Iso alayhimussalomgacha) imom bo‘lib namoz o‘qidilar.

Tur tog‘i payg‘ambar Muso alayhissalom bilan Olamlarning Rabbi Alloh taolo o‘rtasnda bo‘lgan bevosita suhbatga guvoh bo‘lgan tog‘dir. Alloh taolo aytadi:

ﭑ ﭒ ﭓ ﭔ ﭕ ﭖ ﭗ ﭘ

Unga Tur (tog‘innng) o‘ng tomonidan nido qildik va uni munojot qilgan holidaO‘zimizga yaqin etdik (Maryam, 52-oyat).

Avval payg‘ambarlikni, so‘ngra haddidan oshib ilohlikni da’vo qilib, Men parvardigoringizman , deb aytishga jur’at qiladigan kazzob Dajjol yuqorida zikr etilgan muqaddas makonlarga kira olmasligi aniq haqiqatdir.

(Bizga Dajjolni ko‘rish taqdir qilinadimi, yo‘qmi, har qanday holatda uning yomonligidan panoh so‘raymiz. Chunki u juda katta fitna, keng tarqaladigan yomonlikdir. Buyuk Arshning sohibi bo‘lgan Allohdan so‘raymiz, Dajjolning yomomligidan qiyomat kunigacha bizga kifoya qilsin. Omiyn.

Manba: islom.uz

Kiritildi: 12:23 11.02.2019. O'qildi: 7768 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!