Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Dahshatli yomg‘ir 40 kishini hayotdan olib ketdi

A A A
Dahshatli yomg‘ir 40 kishini hayotdan olib ketdi

13 may kuni Hindistonda jalalar va qum bo‘roni bilan kechgan momaqaldiroq oqibatida kamida 40 odam halok bo‘ldi. Bu haqda “Sinxua” axborot agentligi xabar berdi. 

Avvalroq Uttar-Pradesh shtatiga yopirilgan qum bo‘roni va jalalar oqibatida 9 kishi halok bo‘lgani, 28 kishi jarohatlangani ma’lum qilingandi.

Ta’kidlanishicha, momaqaldiroq oqibatida G‘arbiy Bengaliya shtatida, Dehli va uning atrofida hamda janubiy shtatlar – Andxra-Pradesh va Telinganada bir necha kishi halok bo‘lgan.

Bu oxirgi kunlarda Hindiston shimoliga yopirilgan uchinchi qum bo‘ronidir. Turli hisob-kitoblarga ko‘ra, 10 may kuni tabiiy ofat oqibatida 11-13 kishi, 2 may kuni esa 120 ga yaqin kishi halok bo‘lgan.

Manba: kun.uz

Kiritildi: 23:56 13.05.2018. O'qildi: 1899 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik