Bugun 28 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

Dahshat! Qotillar ota va uning uch o‘g‘lini nega vahshiylarcha o‘ldirganini aytib berishdi (VIDEO)

Dahshat! Qotillar ota va uning uch o‘g‘lini nega vahshiylarcha o‘ldirganini aytib berishdi (VIDEO)

Tojikiston Ichki ishlar vazirligi Jayxun shahrida yashovchi Ahliddin Maxmadov va uning uch o‘g‘lining shov-shuvli qotilligi tafsilotlari aks etgan videoni e’lon qildi. Videoda gumondorlar bir oilaning to‘rt a’zosini "qasos va rashk tufayli" bolta bilan qanday o‘ldirishganini aytib berishdi.

Ichki ishlar vazirligi hisobotida gumon qilinayotganlar o‘ldirilgan odamning qishloqdoshlari, Jayxun viloyatida yashovchi Qiyomiddin Nasriddinov va Maxmadgayur Xaybulloyev ekanligi qayd yetilgan.

Fojiaga Maxmadgayuur Xaybulloyev do‘sti Qiyomiddin Nasriddinovga Nasriddinovning rafiqasi Maxmadov bilan birga unga xiyonat qilayotganini aytgani sabab bo‘lgan.

«Voqea sodir bo‘lgan kuni xotinim onasi bilan edi, kechqurun men ham u yerga bordim. U yerda xotinim bilan janjallashib qoldik. Shundan so‘ng men Ahliddinning oldiga bordim va biz janjallashib qoldik. Men qaynonamning uyiga qaytdim va tungi soat 2 da o‘rnimdan turdim, kiyindim va Xaybulloyevni chaqirdim. Biz ikkita bolta olib, Axliddinning uyiga bordik", - deydi Nasriddinov.

Maxmadgayur Xaybulloyev Nasriddinov aytganlarning hammasini tasdiqladi va bu jinoyatni oldindan rejalashtirganliklarini qo‘shimcha qildi.

Ular qanday qilib Maxmadov va uning oilasini o‘ldirishganini, keyin uyni yoqib yuborishganini batafsil tasvirlab berishdi. Yong‘in tutunidan qo‘shnilar yugurib kelib, fojia haqida bilishdi. Maxmadovning rafiqasi Latofat Azizova va o‘g‘illaridan biri mo‘’jizaviy tarzda omon qolgan. Aynan Latofat Azizova gumonlanuvchilarni o‘z oilasining qotili deb aytdi.

Shu bilan birga, ikkala gumondor ham 2021 yil aprel oyida o‘g‘rilikda ayblanib hibsga olinganligi qayd etilgan. Keyin ular jarima bilan chiqib ketishgan.

Endi ularga nisbatan Tojikiston Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi ochildi.

Eslatib o‘tamiz, qotillik 11 iyundan 12 iyunga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan. 39 yoshli Axliddin Maxmadov va uning 8, 13 va 14 yoshli uch farzandi o‘ldirilgan.

Keyinroq, Ichki ishlar vazirligi 37 va 33 yoshli mahalliy aholi ushbu jinoyatda gumon qilinayotgani haqida xabar bergandi.

Kiritildi: 13:18 20.08.2021. O'qildi: 16597 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!