"Zamon" dasturi muxbirining ma’lum qilinishicha, Buxoro shahrida ayol o‘zining 3 yoshli farzandini urib o‘ldirgan.
Ayol asli Surxondaryo viloyatidan bo‘lib, hozirgi paytda Buxoro shahrida ijara asosida yashab kelayotgan bo‘lgan.
U bundan avval ham yana bir farzandining o‘limiga sabab bo‘lgani uchun qamalgan.
Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar prokuraturasi tomonidan ayolga nisbatan JKning 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 2 - qismi "v" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.