ATB foydasiga 310 000 000 so‘m qarzni undirish bo‘yicha qidiruvda bo‘lgan DAF rusumli yuk avtomashinasi Majburiy ijro byurosi Farg‘ona viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan aniqlanib, qonuniy tartibda xatlandi.
Sud qaroriga binoan garov mulk sifatida belgilangan avtomashina qarzdor qonun talablarini bajarmagani uchun qidiruvga berilgan edi. Tezkor tadbirlar natijasida uning joylashuvi aniqlanib, hujjatlari tekshirildi va tegishli tartibda xatlovga olindi.
Endi avtomashina baholanadi. Agar qarz ixtiyoriy to‘lanmasa, u auksion savdoga chiqarilib, tushgan mablag‘ ATB foydasiga o‘tkaziladi.
‼️Byuro eslatadi: qarz o‘z vaqtida to‘lansa, mulkni sotish va qo‘shimcha choralar qo‘llanilmaydi.
✔️Xulosa bitta: qonundan qochib bo‘lmaydi — qarz baribir undiriladi.