Bugun 17 mart, 2025 yil, dushanba

КИР

Crew Dragon kosmik kemasi Xalqaro kosmik stansiyaga muvaffaqiyatli uchirildi

Crew Dragon kosmik kemasi Xalqaro kosmik stansiyaga muvaffaqiyatli uchirildi

Crew Dragon kosmik kemasi Xalqaro kosmik stansiyaga muvaffaqiyatli uchirildi.

NASA ma’lumotlariga ko‘ra, kosmik kema Floridadagi Kennedi kosmik markazidan parvozni amalga oshirgan. Uning bortida amerikalik astronavtlardan – Enn Makkleyn va Nikol Ayers, rossiyalik kosmonavt – Kirill Peskov, yaponiyalik astronavt – Takuya Onishi bo‘lgan.

Mazkur missiya davomida Boeing Starliner ekipajining to‘qqiz oy davomida orbitada qolib ketgan astronavtlari – Barri Uilmor va Sunita Uilyams Crew Dragon orqali Yerga qaytishi kutilmoqda.

Ushbu missiya SpaceX va NASA o‘rtasidagi hamkorlikning yana bir muvaffaqiyatli namunasi bo‘lib, Xalqaro kosmik stansiyaga kosmonavtlarni yetkazib berish va qaytarishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Kiritildi: 19:14 15.03.2025. O'qildi: 491 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!