Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

"COVID-19"ning og‘ir formasi bilan kasallangan bemor 98 kundan keyin sog‘aydi

"COVID-19"ning og‘ir formasi bilan kasallangan bemor 98 kundan keyin sog‘aydi

Moskva viloyatida noodaty holat yuz berdi - koronavirusning og‘ir shakliga chalingan, bemor 98 kunda davolanib chiqdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti. 

Domodedovo shahar Markaziy shifoxonasi xabariga ko‘ra, 56 yoshli bemor shifoxonaga olib kelinganda o‘pkasining 90% shisktlangan bo‘lgan va uni darhol sun’iy nafas olish apparatiga ulashgan. 

"Ushbu pasiyentni davolashda, biz  MONIKI (Moskva viloyati ilmiy tekshirish klinik instituti) xirurglariga murojaat qildik. Ular bemorning o‘pkasida homsil bo‘lgagn bronxoplevral svishni davolashda yordam berishdi. Birgalikda pasiyentni stabil holatga keltirdik", - dedi Markaziy shifoxona bosh shifokori Andrey Osipov. 

Ma’lum bo‘lishicha ushbe bemor kasalxonada jami 98 kun o‘tkazgan. Ayni damda unga uyiga javob berishgan. Hozir u turar joyida shifokor kuzatuvida bo‘lib turibdi.

Kiritildi: 17:28 02.03.2021. O'qildi: 1486 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!