Prezidentimizning tegishli qarori bilan Akademik YO.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori vazifasida ishlab kelgan Alimov Anvar Valiyevich Cog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari – Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
Tibbiyot fanlari doktori, professor Anvar Alimov Toshkent pediatriya instituti rektori, O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri singari mas’ul lavozimlarda ishlagan.
2020 yilda "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi" faxriy unvoni bilan taqdirlangan.