Bugun 13 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

CNN: AQShning Eron bilan urushi soliq to‘lovchilarga 1 trillion dollarga tushishi mumkin

CNN: AQShning Eron bilan urushi soliq to‘lovchilarga 1 trillion dollarga tushishi mumkin

Pentagon Eron bilan urush xarajatlari 29 milliard dollarga yetganini da’vo qilyapti, ammo ekspertlar asl xarajatlar miqdori ancha yuqori ekanidan ogohlantirmoqda.

Garvard Kennedi maktabi eksperti Linda Bilmesning hisob-kitoblariga ko‘ra, fevral oyi oxirida boshlangan ushbu nizo yakunda AQSh soliq to‘lovchilariga kamida 1 trillion dollarga tushadi.

Taqqoslash uchun, Pentagon ikki hafta oldin xarajatlarni 25 milliard dollar deb baholagan edi, biroq texnikalarni ta’mirlash va almashtirish xarajatlari tufayli bu raqam tez orada 29 milliard dollargacha ko‘tarildi.

Bilmesning tushuntirishicha, urush xarajatlari doimo kutilganidan ko‘proq bo‘ladi. Qisqa muddatli xarajatlarga qimmatbaho raketalar, aviatashuvchi guruhlarni saqlash va yo‘q qilingan samolyotlar bilan dronlarni almashtirish kiradi.

Masalan, zaxiradagi "Tomahawk" raketasini yangisiga almashtirish hozirda uning dastlabki qiymatidan ancha qimmatga tushmoqda. Uzoq muddatli istiqbolda esa harbiy ob’ektlarni tiklash va mintaqadagi 55 ming askarning ijtimoiy ta’minoti uchun ulkan mablag‘ talab etiladi.

Bundan tashqari, davom etayotgan nizo jahon bozorida energiya narxlarining oshishiga olib keldi, unda neft narxi barreliga 100 dollardan yuqori saqlanib qolmoqda, AQShda esa benzin narxi rekord darajaga — bir gallon uchun 5 dollarga yetishi kutilyapti, deyiladi xabarda.

Kiritildi: Bugun 16:30. O'qildi: 334 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!