Amerikaning ABC telekanali shouni “noaniq muddatga” to‘xtatib qo‘yganini e’lon qildi.
Dushanba kuni Kimmel prezident Donald Tramp va uning tarafdorlarini konservativ faol Charli Kirkning o‘limidan “siyosiy ochko yig‘ish” uchun foydalanayotganlikda ayblagan edi.
CNN'ning xabar berishicha, shouni efirdan olib tashlash to‘g‘risidagi “hayratlanarli qaror” Tramp ma’muriyatidagi mahalliy telekanallarga lisenziya berish uchun mas’ul amaldor kompaniyadan Kimmelga nisbatan jazo chorasi ko‘rishni omma oldida talab qilganidan atigi bir necha soat o‘tib qabul qilingan.
Donald Tramp boshlovchining efirdan chetlatilishini olqishladi. "ABC'ni nihoyat zarur bo‘lgan ishni qilishga jur’at topgani uchun tabriklayman", — deb yozdi u o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida.