Yaqinda kashf etilgan 2024 YR4 asteroidining Yer bilan to‘qnashish ehtimoli ikki baravar oshdi. NASA ma’lumotlariga ko‘ra, dastlab bu ehtimol 1% dan biroz ko‘proq edi, hozir esa 2,3% ga etdi.
NASA ushbu asteroidning Yer bilan 2032 yil 22 dekabrda to‘qnashishi mumkinligini taxmin qilmoqda. YR4 asteroidi taxminan 40-90 metr o‘lchamga ega.