Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Ciyosatshunos: «Qirg‘iz-tojik mojarosining ildizi chuqur»

A A A
Ciyosatshunos: «Qirg‘iz-tojik mojarosining ildizi chuqur»

Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasidagi chegara mojarosi chuqur ildizlarga ega. Siyosatshunos, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qozog‘iston strategik tadqiqotlar instituti bosh eksperti Bolat Auyelbayev ular haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi, deb xabar beradi Kazinform muxbiri.

Buning asosiy sababi Qirg‘iziston va Tojikiston fuqarolarining Botken-Isfana avtomobil yo‘lidagi kichik Tort-Kocho uchastkasida ikki davlat fuqarolari uylarining shaxmat shaklida joylashganligi bo‘lib, chegaralanmagan hudud atrofida vaqti-vaqti bilan nizolar kelib chiqadi.

«Huquqiy chalkashlik» Sovet davridan boshlangan. Tomonlar turli hujjatlarga murojaat qiladilar, biroq ularni bugungi kungacha yagona kelishuvga keltirishmagan.

Tomonlar egalik huquqini da’vo qiladigan yana bir muammo - bu suv resurslarini: ichimlik va sug‘orish suvini taqsimlash.

Vaziyatni hal qilish uchun ekspertning fikricha, chegara bo‘yicha kelishuv bo‘lishi kerak. Har davlat o‘z aholisini u yerdan olib chiqishi kerak. Ular chegara chizig‘idan ma’lum masofada joylashgan bo‘lishi kerak. Va davlatlar o‘sha fuqarolarga to‘liq tovon to‘lashlari kerak.

«To‘liq miqyosli mojaro bo‘ladi deb o‘ylamayman, chunki Tojikistonda hozir Afg‘oniston bilan muammolar bor. Hozirgi hukumat (Tolibon) Tojikiston rejimiga do‘stona emas. Mojarodan Qirg‘iziston ham foyda ko‘rmaydi. Qolaversa, hozir koviddan keyingi davr, pul yetishmayapti, byudjet taqchillik bilan shakllanyapti. Armiyani ta’minlash qiyin. O‘ylaymanki, mojaro diplomatik va siyosiy jihatdan hal bo‘ladi. Shuningdek, geosiyosiy muhit ham bunga hissa qo‘shadi. Jumladan, Qirg‘iziston va Tojikistonni o‘z ichiga olgan KXSHT davlatlari diplomatik ishtirok etishadi, prezidentlar, xavfsizlik xizmatlari raislari hisobidan bu mojaroni hal qilishga harakat qiladilar», - deya xulosa qildi Bolat Auyelbekov.

Kiritildi: 10:03 29.01.2022. O'qildi: 2561 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!