Ma’lum bo‘lishicha, uning qarzi 33 mln so‘mgacha yig‘ilib ketgan.
Namangan viloyatining Chust tumanida ikki farzandi uchun aliment to‘lamay kelayotgan ota qonun oldida javob berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, sud qaroriga ko‘ra A. Mamadaliyev farzandlari moddiy ta’minoti uchun aliment to‘lashi shart edi.
Majburiy ijro byurosi Chust tuman bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan bir necha bor ogohlantirilsa-da, u mas’uliyatdan qochib, to‘lovlarni to‘xtatib qo‘ygan.
Qarz esa 33 mln so‘mgacha yig‘ilib ketgan. Natijada sud unga nisbatan 60 soat majburiy mehnat huquqiy jazo sifatida qo‘lladi.