Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

“Chorvoq” suv omborida navbatdagi fojia: mutasaddi tashkilotlar qayerga qarayapti?

“Chorvoq” suv omborida navbatdagi fojia: mutasaddi tashkilotlar qayerga qarayapti?

Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanida 20 iyul kuni soat 14:30larda “Chorvoq” suv omborining “Burchmullo” suv havzasida ayanchli voqea sodir bo‘ldi.

Toshkent viloyati FVB navbatchilaridan olingan xabarga ko‘ra, 2005 yilda tug‘ilgan Qodirov Foziljon Imom o‘g‘li skuter haydayotgan vaqtida vaqtida boshqaruvni eplay olmay, qarshisidagi katamaranga urilgan. Natijada katamaranda bo‘lgan 2 nafar fuqaro — 1998 yilda tug‘ilgan Jo‘raboyev Abduhakim Muhammadjon o‘g‘li (Farg‘ona viloyati, Toshloq tumanida yashagan) va 1996 yilda tug‘ilgan Sodiqov Akmaljon Azimjon o‘g‘li (Farg‘ona viloyati, Yozyovon tumanida yashagan) tan jarohati olishi natijasida voqea joyida vafot etgan.

Bosh prokuratura matbuot kotibining yozishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 260-moddasi (Temir yo‘l, dengiz, daryo yoki havo transportining harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shu o‘rinda haqli savol tug‘iladi: "Chorvoq” TRZ direksiyasi rahbariyati hududdagi barcha voqealarga javobgar hisoblanadi. Xo‘sh, direksiya rahbariyati qayerga qarayapti? Bundan tashqari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ekologiya va Suv xo‘jaligi vazirliklari, Toshkent viloyati hokimligi va boshqa mutasaddilarchi? Nahotki ushbu hududda skuterlarni tartibga solish, umuman, xavfsizlik choralarini ta’minlash borasida qat’iy choralar ko‘rish qiyin bo‘lsa? Umid qilamizki, mutasaddi tashkilotlar bu borada kerakli choralarni ko‘rishadi va yuqoridagi kabi fojialarning oldi olinadi.

Kiritildi: 12:33 22.07.2024. O'qildi: 20237 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!