Bugun 12 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Chortoqda 53 ta jarimasi bor haydovchidan qarzdorlik to‘liq undirildi

Chortoqda 53  ta jarimasi bor haydovchidan qarzdorlik to‘liq undirildi

Ma’lumki, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, fuqarolarning yo‘llarda baxtsiz hodisalarga uchrashining oldini olish maqsadida bugungi kunda avtomobil yo‘llarida yo‘l harakati qoidalari buzilganini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari o‘rnatilgan. Bu esa albatta, haydovchilarini yanada xushyorlikka chaqirib, yo‘llarda harakat qoidalariga amal qilishga undamoqda. Lekin, ayrim haydovchilar bunga amal qilmaslik oqibatida esa yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun avtomatik tarzda jarimalar qo‘llanilmoqda. Qoidani buzdingmi, endi uni to‘lash majburdir.

Aynan Majburiy ijro byurosi Chortoq tuman bo‘limi tomonidan yo‘l harakati qoidalarini buzish bilan bog‘liq jarimalarni undirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, tuman ichki ishlar bo‘limi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbir davomida oz emas, ko‘p emas naqd 53 ta jarimasi bor haydovchidan qarzdorlik to‘liq undirildi.

Ma’lum bo‘lishicha, haydovchi o‘zi boshqaruvidagi transport vositasida gohida tezlikni oshirib, gohida yo‘l chiziqlarini bosib yo‘l harakati qoidalarini buzib kelgan. Hech kim ko‘rmayapti degan hayolga borgan shekilli, avtotransportga qo‘llanilgan jarimalarni 60 kun ichida ham to‘lamagan.

So‘ng, hujjatlar Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan. Davlat ijrochisi tomonidan haydovchi qarzdorlikni bartaraf etish yuzasidan ogohlantirilgan. Qarzdorlik esa 18,3 mln. so‘mni tashkil etdi.

Olib borilgan ijro harakatlari davomida haydovchi qarzdorlikni to‘liq bartaraf etdi.

Kiritildi: 06:35 22.08.2024. O'qildi: 2174 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!