Bugun 1 oktyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Chodak qishlog‘iga yangi maqom berildi

Chodak qishlog‘iga yangi maqom berildi

Namangan viloyatining Pop tumanida joylashgan Chodak qishlog‘iga “Turizm qishlog‘i” maqomi berildi, deya xabar berdi Turizm qo‘mitasi.

Chodakda “Turizm qishlog‘i” maqomini berishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirokchilar hududda faoliyat yuritayotgan bir necha dam olish maskanlari va mehmon uylarini ko‘zdan kechirishdi.

“Tadbir davomida bayramga tuhfa sifatida hududda barpo etilgan yana bitta zamonaviy mehmon uyi foydalanishga topshirildi”, — deyiladi xabarda.

Hozirda Chodakda quyidagi ekstrimal hamda 100 dan ortiq ekoturizm ob’ektlari faoliyat olib bormoqda:

300 ta oilaviy mehmon uyi;

4 ta dam olish maskani;

3 ta bolalar oromgohi;

2 ta xostel;

1 ta kemping;

30 ta gastironomik turizm ob’ekti;

uzunligi 300 metr bo‘lgan to‘rtta osma ko‘prik;

uzunligi 50 metr bo‘lgan shishali osma ko‘prik;

sun’iy sharshara;

o‘rtacha uzunligi 400 metr bo‘lgan osma dor yo‘li.

Aytilishicha, mazkur ob’ektlar ishga tushishi natijasida 1500 dan ortiq mahalliy aholi ish bilan ta’minlangan.

Shu bilan birga, Chodakda 257 ta loyiha amalga oshirilmoqda.

Kiritildi: 23:15 30.09.2024. O'qildi: 309 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!