Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Chiroqchida ham daraxtlar betonlandi

A A A
Chiroqchida ham daraxtlar betonlandi

Chiroqchi tumanida piyodalar yo‘lakchasidagi daraxtlar ildizigacha betonlab ketilgan. Bu haqda Qashqadaryo viloyat Ekologiya boshqarmasi xabar qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Qashqadaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi inspektorlari tomonidan hududda ekologik nazorat reyd tadbiri o‘tkazilgan.

Nazorat tadbiri davomida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilgan daraxtlarning holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida Chiroqchi tuman Mustaqillik ko‘chasi hududida piyodalar yo‘lakchasidagi daraxtlarning ildizigacha betonlab ketilganligi aniqlandi.

Zudlik bilan daraxtlarning betonlangan ildizlari ochilib, suv quyish va ishlov berish uchun qulay holatga keltirilgan.

Kiritildi: 18:11 27.01.2022. O'qildi: 2543 marta. Fikrlar soni: 6 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!